Steven Nzonzi – Jahon Chempioni Frantsiyaga Qaytdi
USL Dunkerque tajriba izlayotgandi. Endi topdi. Klub 37 yoshli Steven Nzonzi bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. Jahon chempioni endi Ligue 2 maydonlarida yana markazni o‘z qo‘liga olmoqchi.
Stoke City bilan shartnomasi iyul boshida tugaganidan beri erkin agent bo‘lib yurgan Nzonzi uchun bu qaytish ramziy ma’no kasb etadi. U 2008-09 yilgi mavsumda Amiens SC safida aynan Ligue 2da o‘ynagan, endi esa Frantsiya ikkinchi divizioniga butunlay boshqa maqomda – 2018 yilgi Jahon chempionati g‘olibi sifatida qaytmoqda.
O‘tgan, 2025-26 yilgi mavsumda u Stoke City safida 31 o‘yinda maydonga tushdi. Shundan 17 tasida asosiy tarkibda boshladi va bitta gol urdi. Statistikasi shov-shuvli emasdek ko‘rinishi mumkin, lekin Nzonzining o‘yini har doimgidek ko‘zga ko‘rinmaydigan, ammo hal qiluvchi ishlar bilan to‘la: pressingni buzish, tempni boshqarish, to‘pni tinchlantirish, yosh jamoadoshlariga tayanch bo‘lish.
Dunkerque uchun aynan shu narsa kerak edi. Jamoa o‘rtacha yoshi 24 bo‘lgan tarkib bilan kurashmoqda, tajriba esa kam. Nzonzi esa nafaqat 11-professional klubi sari yo‘l olayotgan sayyoh futbolchi, balki yuqori bosimdagi o‘yinlarni yillar davomida boshidan kechirgan markaziy tayanch.
Uning transferi yana bir jihatdan ramziy: Nzonzi Colombesda, Parij mintaqasida tug‘ilgan. 2020-2021 yillarda Stade Rennais FC safida Ligue 1da o‘ynagan. Endi esa u Frantsiyaga qaytib, qirg‘oq shaharchasi Dunkerque bilan yangi bob ochmoqda. Bu nafaqat ish joyini almashtirish, balki fransuz ildizlariga ichki qaytish hamdir.
USL Dunkerque ikki yil avval Ligue 2da to‘rtinchi o‘rinni egallab, Ligue 1 sari jiddiy da’vogarligini ko‘rsatgandi. Shundan beri klub bir pog‘ona yuqoriga sakrash uchun yetishmayotgan bitta detalni qidirmoqda. Endi esa bu bo‘shliqni 20ta o‘yin o‘tkazgan fransuz terma jamoasi sobiq futbolchisi to‘ldirishi kutilmoqda.
Savol endi bitta: tajribali Nzonzi yosh, ochko‘z Dunkerque bilan birga oxirgi qadamni ham tashlay oladimi?





