UZB sport

Real Madridda yangi jang: Arda Guler va Jude Bellingham o‘rtasidagi raqobat

Jose Mourinho qo‘l ostidagi yangi Real Madrid mavsumni boshlashidan ancha oldin ichkarida eng keskin kurashlardan birini his qilyapti. Maydonda bitta bo‘sh joy, lekin ikki yulduz: Turkiya durdonasi Arda Guler va Angliya yulduzi Jude Bellingham. Ikkalasi ham bitta rolga da’vogarlik qilmoqda – Kylian Mbappe ortidagi “o‘yin miyasi” bo‘lishga.

Ispaniyaning “Mundo Deportivo” nashriga ko‘ra, Mourinho o‘z taktik qurilmasini aynan shu chiziqqa tayab quryapti. Yarim himoya bilan hujum o‘rtasidagi eng nozik ko‘prik, eng ko‘p e’tibor talab qiladigan hudud. O‘tgan mavsumlar, obro‘, narx va nomga qarasangiz, bu joy go‘yoki Bellinghamga “yozib qo‘yilgandek” edi.

Ammo yozgi tayyorgarlik hammasini ag‘dar-to‘ntar qildi.

Bellingham Jahon chempionatidan keyin mashg‘ulotlarga kech qo‘shildi. Shu payt paydo bo‘ldi Guler. Va u imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi. Yozgi o‘rtoqlik uchrashuvlarida turk iqtidor Real Madrid sahnasini o‘ziga bo‘ysundirdi, tayyorgarlik davridagi eng yorqin futbolchilardan biriga aylandi.

Mourinho dastlab uni chuqurroq yarim himoyada sinab ko‘rdi. So‘ngra uni oldinga, hujum ortidagi klassik “10-raqam” zonasiga surdi. Ana shunda Arda yorildi. Kutilganidan ham balandroq darajada o‘yin ko‘rsatdi, ijodkorlik, jasorat va ritm bilan murabbiyni ham, tomoshabinlarni ham hayratda qoldirdi. Bir necha o‘yinning o‘zida u navbat boshiga chiqib oldi.

Endi esa eng so‘nggi signallar shuni ko‘rsatmoqda: 22-avgust kuni Espanyolga qarshi liga ochilishida asosiy tarkibda aynan Guler maydonga tushishi kutilmoqda. Bellingham esa ilk bor Real Madridda o‘z o‘rnini qaytarib olish uchun quvib yetuvchi roliga tushib qolmoqda.

Mourinhoning tanlovi sodda emas. Bir tomonda – yuqori formada, o‘zini isbotlayotgan, ochko‘z va ochiqchasiga ijod qilayotgan Guler. Ikkinchi tomonda – o‘tgan mavsumning ramziga aylangan, lekin hozircha ritmga kirishga ulgurmagan Bellingham. Mbappe ortida faqat bittasiga joy bor.

Real Madrid ichkarisidagi bu raqobat mavsum boshidan Murabbiy uchun bosh og‘rig‘iga aylanishi mumkin. Lekin tribunalar va teleekran ortidagi muxlislar uchun – bu sof zavq. Chunki bunday darajadagi kurashda mag‘lub yo‘q: klub ikkita elita darajadagi o‘yinchiga ega.

Savol bitta: birinchi bo‘lib kim uni o‘ziga butunlay bo‘ysundira oladi – Arda Guler yoki Jude Bellingham?

Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling