UZB sport

US Open 2023: Polo Ralph Lauren yangi kolleksiyasi

Hayotingizdagi tennis ishqibozlari so‘nggi kunlarda biroz parishon yurayotgan bo‘lsa, ajabmas. US Open shundoq yoqada turibdi, Jannik Sinner’ning chiziq bo‘ylab uchgan forehand zarbasidan ham tezroq yaqinlashyapti. Yilning so‘nggi “Grand Slam”iga hali mental tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsak-da, Polo Ralph Lauren allaqachon o‘z ishini qilib bo‘ldi: yangi US Open kolleksiyasi maydondagi janglar oldidan haqiqiy “qizish” bo‘lib xizmat qilyapti.

Polo turnirning rasmiy hamkorlaridan biri sifatida bu safar ham yarim ish qilmagan. US Open uchun maxsus bog‘langan 60 dan ortiq buyum taqdim etildi. Bu ko‘rinishda kolleksiya bir xilga aylanib ketadi, deb o‘ylasangiz, yanglishasiz. Tanlov Carlos Alcaraz’ning zarbalar repertuaridan kam emas.

Maydonda kiyiladigan yuqori texnologik sport formasi bormi? Bor. Retro kayfiyatidagi trikotajlarchi? Tayyor. Tribunalarda o‘tirgan chair umpire va kort bo‘ylab yugurayotgan ball boylar tanasidagi aniq o‘sha formalar kerakmi? Ha, o‘sha o‘zining o‘zi. Klassik futbolkalar, kashta bilan bezatilgan tugmali ko‘ylaklar-chi? Bu ishning ortida kim turganini o‘zingiz bilasiz.

Natijada yilning eng qiziqarli, kutilmagan va eng puxta o‘ylangan kolleksiyalaridan biri paydo bo‘ldi. Shunchaki “merch” deb atash til bormaydigan darajada mukammal to‘plam. Har bir detalda turnir ruhi, tribuna shovqini, kechki sessiya chiroqlari aks etgandek.

Tanlov esa katta. US Open startiga esa ko‘p qolmadi. Shuning uchun eng zo‘r modellarni ajratib ko‘rish oson emas. Kimdir o‘yin kunidagi texnik liboslarni tanlaydi, boshqasi esa shahar bo‘ylab yurish uchun vintage uslubidagi sviterlarni. Yana boshqalar maydondagi hakamlar va ball crew bilan bir xil ko‘rinishda bo‘lishni istaydi.

Bitta narsa aniq: javonlarda abadiy turmaydi. Savatga tushayotgan tezligi kortdagi serve tezligidan kam emas. US Open hali boshlanmagan, lekin tribuna uslubi allaqachon hisobni ochib bo‘ldi.

Pinco Avto Omad — 12 ta avto uchun sovrinli o‘yinga qo‘shil