UZB sport

Uefa, Concacaf va Osiyo futbol konfederatsiyalari Infantino bosimi ostida yangi musobaqalar tashkil etmoqda

Uefa, Concacaf va Osiyo futbol konfederatsiyasi Fifa turnirlaridan voz kechish ehtimoli ortidan o‘zaro yangi musobaqalar tashkil etish bo‘yicha dastlabki suhbatlarni boshlab yubordi. Futbol siyosatidagi bu keskin burilish allaqachon “fuqarolar urushi”ga o‘xshab bormoqda.

Infantino bosimi ostida

Uefa, Concacaf va AFC rahbarlari Gianni Infantinoni ochiqchasiga ayblamoqda. Ular Fifa prezidentini “futbol olamiga bo‘lgan burchini tark etgan” va “ishonchni aldov orqali yo‘qotgan” shaxs sifatida tasvirlayapti. Maqsad aniq: Infantino uchinchi to‘liq muddatga nomzodini qo‘ymasdan, o‘zi iste’foga chiqsin.

Bu uch konfederatsiya birgalikda Fifa a’zolarining yarmidan ko‘prog‘ini ifodalaydi. Shuning uchun ularning bosimi ramziy emas, real kuchga ega. Ular Jahon chempionati ulushini xususiy investorlar qo‘liga sotish urinishini mustaqil tekshiruvdan o‘tkazishni talab qilmoqda. Gap faqat moliyaviy bitim haqida emas, ular ta’kidlaganidek, “o‘yin halolligi” haqida ketmoqda.

Ochıq xatda shunday ruh hukmron: bu endi oddiy ish yuritishdagi xato emas, qaror qabul qilishdagi chuqur, strategik xatolik. Va ularning fikricha, Fifa o‘zi qilgan ishni o‘zi tekshira olmaydi, chunki bunga ishonch allaqachon yo‘q.

Xatga Uefa prezidenti Aleksander Ceferin, Concacaf rahbari Victor Montagliani va AFC prezidenti Salman Bin Ibrohim Al Xalifa imzo chekkan.

Bu hokimiyat emas, xizmat

Ular yozgan satrlar futbol siyosatidagi kayfiyatni juda aniq ochib beradi. Ularning fikricha, futbolga rahbarlik qilish – bu egallab o‘tiriladigan kursi emas, “futbol oilasiga xizmat” vazifasi. Ishonch buzilganda, ayniqsa aldov orqali buzilganda, bu xizmat ma’nosini yo‘qotadi.

Ularning nuqtai nazarida, Fifa rahbari o‘zini o‘yinning ustiga qo‘ygan, uni saylaganlar ustidan emas, go‘yoki o‘zi futbolning egasidek tutmoqda. Aynan mana shu ruh, ular yozganidek, “vasiy” emas, balki o‘yin o‘ziga bo‘ysunishi kerak deb hisoblaydigan odam obrazini yaratadi.

Fifa yaqinda vitse-prezidentlar va 211 a’zoga yo‘llagan xatida jarayonda “xatolar bo‘lganini” tan olgan. Ammo bu xat ularni qoniqtirmadi. Tashkilot bo‘lib o‘tgan voqeani muloqotdagi uzilish sifatida ko‘rsatishga urinyapti, deydi uch konfederatsiya, aslida esa bu – hukmronlik uslubidagi muammo, qarorni yashirincha, qisqa muddatda o‘tkazib yuborish istagi.

Ularning talqini keskin: Jahon chempionati ulushini sotishga urinish – bu oddiy protseduraviy kamchilik emas, “hukmni baholashdagi chuqur muvaffaqiyatsizlik”.

Marokashdagi yopiq uchrashuv savollarni ko‘paytirdi

Uch konfederatsiya e’tirozining markazida Marokashda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish turibdi. Fifa o‘z xatida o‘sha uchrashuvda atigi bitta saylangan amaldor bo‘lganini tasdiqlagan. Fifa Kengashi a’zolari ham, milliy assotsiatsiyalar ham taklif qilinmagan. Faqat Fifa tarkibidagi yollanma yuqori lavozimli xodimlardan iborat menejment qo‘mitasi qatnashgan.

Bu tafsilotlar Uefa, Concacaf va AFC uchun signalga aylandi. Ularning fikricha, rahbariyat Fifa yuragi bo‘lgan Tsyurixka borib, xodimlar va saylangan organlar oldida hisob berishi o‘rniga, tor doiradagi rahbariyatni chet elga “chaqirtirib”, muhim masalalarni yopiq eshiklar ortida hal qilgan.

Ular buni aynan shu nuqtada tanqid qilmoqda: bu – ochiqlik emas, mas’uliyatdan uzoqlashish. Futbol tarixida ko‘p narsa ko‘rilgan, lekin Jahon chempionati kabi global mulk atrofida bunday tarzda savdolashish urinishlari yana bir keskin chiziqni bosib o‘tmoqda.

Futbol kimga tegishli?

Xatning eng kuchli bo‘ligi hissiy ohangda yozilgan. “Futbol dunyoning eng buyuk umumiy ishtiyoqi. U hech bir shaxsga ham, hech bir institutga ham tegishli emas”, deya eslatadi uch konfederatsiya rahbarlari.

Ular Infantinoning o‘z taklifini “aslida noto‘g‘ri bo‘lganini” tan olmaganini, hanuzgacha bu qarorni tubdan xato deb e’tirof etmaganini alohida urg‘ulaydi. Ularning nazarida, Jahon chempionati ulushini sotishga urinishning o‘ziyoq “o‘yin ruhiga zid” bo‘lgan.

Shu bilan birga, ular Fifa ichidagi hokimiyat dinamikasiga ham ishora qiladi: tanlangan kengash chetda, qarorlar esa yollanma menejerlar doirasida pishmoqda. Bu esa savol tug‘diradi: futbolni aslida kim boshqaryapti – saylanganlarimi yoki apparatmi?

Infantino hamon tayanchsiz emas

Shu keskin fon ortida Gianni Infantino butunlay yolg‘iz qolgan emas. Bir qator futbol assotsiatsiyalari, jumladan Argentina, Marokash va Meksika uni ochiq qo‘llab-quvvatladi. Afrika futbol konfederatsiyasi esa prezidentni bir ovozdan himoya qilib chiqdi.

Demak, chiziq aniq chizilmoqda: bir tomonda Uefa, Concacaf va Osiyo rahbariyati, ikkinchi tomonda esa Afrika va bir qator kuchli futbol mamlakatlari. Bu qarama-qarshilik chuqurlashsa, gap faqat siyosiy bosimda emas, global futbol taqvimining o‘zgarishi, hatto Fifa turnirlari maqomining savol ostida qolishigacha borishi mumkin.

Uch konfederatsiya Fifa musobaqalarini boykot qilishgacha boradigan yo‘lni muhokama qilar ekan, eng katta savol shunday: futbol tarixidagi bu kuch sinovi o‘yin kelajagini qay tomonga buradi?

Uefa, Concacaf va Osiyo futbol konfederatsiyalari Infantino bosimi ostida yangi musobaqalar tashkil etmoqda
Pinco Avto Omad — 12 ta avto uchun sovrinli o‘yinga qo‘shil