UZB sport

Payton McNabb va WNBA markazidagi bahslar

Indiana Fever himoyachisi Sophie Cunningham atrofida qizigan bahslar, aslida, yillar oldin Shimoliy Karolinadagi kichik sport zali polida boshlangan edi. O‘sha yerda, maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi oddiy voleybol uchrashuvida Payton McNabbning hayoti bir zarb bilan o‘zgardi.

Raqib jamoa safidagi biologik erkak sportchi zarbasi boshiga tegdi. Natija — og‘ir miya chayqalishi, o‘ng tomonida qisman falaj, uzilgan sport orzulari va butunlay boshqa yo‘lga burilgan hayot.

Bugun u 21 yoshda. Va u o‘sha zarbaning aks-sadosini endi WNBA darajasida eshitmoqda.

Maktab zalidan Kongress minbarigacha

McNabb jarohatdan keyin jim qolmadi. U Shimoliy Karolinadagi voleybol maydonchasidan Vashingtongacha yo‘l bosdi. Qonunchilar oldida guvohlik berdi, ayollar sporti va Title IX himoyasini talab qildi.

“Men 18 yoshimda gapira boshladim. Endi 21daman, lekin oxirgi yillarda nega men Kongressga borib, erkak va ayol o‘rtasida biologik farq borligini tushuntirishim kerak bo‘ldi? Bu mutlaqo mantiqsiz”, — deydi u OutKick bilan suhbatda.

Uningcha, hozir WNBA atrofida bo‘layotgan bahs ham aynan shu savol atrofida aylanmoqda. Faqat bu safar markazda Sophie Cunningham turibdi.

Sophie Cunningham – xavf ostidagi ovoz

McNabb Cunninghamning pozitsiyasini kuzatib, uni ochiqchasiga olqishlaydi. Indiana Fever himoyachisi ayollar sportini biologik erkaklardan himoya qilish haqida gapirganidan keyin bosim ostida qoldi, lekin ortga chekinmadi.

“Biz Sophie Cunningham orqali juda jasoratli narsani ko‘ryapmiz. Men uni juda qadrlayman, chunki buni aytish uchun hozir juda katta jur’at kerak bo‘ladi, aslida shunday bo‘lmasligi kerak edi”, — deydi McNabb.

Cunningham aynan karerasi ko‘tarilayotgan, obro‘si oshayotgan bir paytda bu mavzuga kirib bordi. Kutib turmadi. “Xavfsiz” bo‘lishini poylamadi. McNabbning fikricha, bu uning pozitsiyasini yanada qadrlidir qiladi.

“Bizda bunday gapira oladigan yulduz sportchilar ko‘p emas. Bu achinarli, lekin haqiqat shu. Chunki ular qanday munosabatga duch kelishini bilishadi”, — deya qo‘shadi u.

Uningcha, Cunninghamga qarshi bo‘layotgan hujumlar bu xavfni aniq ko‘rsatib turibdi.

“U shunchaki hamma biladigan, o‘ylaydigan, lekin aytishga qo‘rqadigan narsani tilga olayotgani uchun yovuzlashtirilmoqda. Bu juda g‘alati. Title IX bo‘lmaganida WNBA ham bo‘lmasdi. Biz Cheryl Reeve kimligini, Sophie Cunningham yoki boshqa ko‘plab qizlarni tanimasdik”, — deydi McNabb.

Cheryl Reeve – boshqa frontdagi kurash

Minnesota Lynx bosh murabbiyi Cheryl Reeve esa bu bahsda boshqa tomonda turibdi. U transgender sportchilarni qo‘llab-quvvatlab chiqdi, Cunningham va Feverga qarshi o‘yinda “Trans Kids Belong” yozuvli futbolka kiyib, pozitsiyasini ochiq ko‘rsatdi.

McNabb uchun bu tushunarsiz.

“Cheryl Reeve kabi ayollar boshqa ayollar va qizlarga qarshi kurashayotganga o‘xshaydi, men buni hech qachon tushunmayman”, — deydi u. “O‘yinlarga kelayotgan kichik qizlar bor, ular sevimli o‘yinchisi ular uchun kurashayapti, ular ham xuddi shunday imkoniyatlarga ega bo‘lishini istayapti, deb o‘ylaydi. Murabbiy esa zinapoyani ortidan tortib olayotgandek.”

McNabb nazarida bu yerda ochiq-oydin ziddiyat bor: bir tomonda ayollar sporti ko‘proq hurmat, ko‘proq imkoniyat, ko‘proq tomoshabin talab qiladi; ikkinchi tomonda esa biologik erkaklar aynan shu maydonga taklif qilinmoqda.

“Bir tomondan erkaklar kabi ko‘p narsaga ega emasligimizdan, imkoniyatlar kamligidan shikoyat qilib, keyin boshqa tomondan erkaklarning o‘sha alohida bo‘lishi kerak bo‘lgan toifani egallashini rag‘batlantira olmaysiz”, — deydi u.

“Fransiyalik yigit” va WNBA uchun ogohlantiruvchi signal

McNabb bu bahs qog‘ozda qolmasligini, ertami-kechmi parketga tushishini kutyapti. U Fransiyada ayollar ligasida hukmronlik qilayotgan, bo‘yi 6 fut 3 dyuym bo‘lgan biologik erkak Julie Tétart misolini keltiradi. OutKick vakillari Joe Kinsey va Clay Travis yordamida Tétart WNBAga qiziqish bildirgani haqida xabarlar chiqqan.

McNabbning so‘zlari keskin:

“Menimcha, bu Fransiyalik yigit kelib, Angel Reese ustidan kuchli ‘dank’ qilib o‘tishi kerak bo‘ladi, shunda ular: ‘Balki bu mumkin emasdir’, deb o‘ylay boshlashadi. Bilmayman. Ularni bu shaxsan o‘zlariga ta’sir qilishi kerak bo‘ladi.”

U WNBAni vayron bo‘lishini istamaydi. Aksincha, o‘sha ligadagi qizlar himoyalangan bo‘lsin, hatto hozir bu himoya uchun o‘zi kurashmayotgan bo‘lsa ham, deydi.

“Albatta, bunday bo‘lishini xohlamayman. Men hatto bizga qarshi chiqqan qizlar uchun ham kurashyapman, ular buni yoqtiradimi-yo‘qmi, baribir ular uchun himoya va imkoniyatlar bo‘lishini istayman”, — deydi McNabb.

Shu yerda u liganing o‘zini ham sinovga chorlaydi: agar biologik erkaklar maktab sportida “ayollar” toifasida o‘ynashi mumkin bo‘lsa, nega ular murabbiylik lavozimlarini ham egallamasligi kerak?

“Men transgender murabbiylar bo‘lishini xohlayman. Menimcha, Cheryl Reeve o‘rnini transgender murabbiy egallashi kerak, chunki ular ham u kabi ‘ayol’ bo‘ladi. Agar bu maktabdagi qizlar uchun normal deb aytilayotgan bo‘lsa, demak, ular uchun ham normal bo‘lishi kerak”, — deya ta’kidlaydi u.

Caitlin Clark – jim turgan markaziy figura

Bu bahsda yana bir ism doim tilga olinadi: Caitlin Clark. Indiana Fever yulduzi hozircha maydondagi o‘yiniga e’tibor qaratib, bu mojaroning o‘rtasiga ochiq kirib bormayapti.

McNabb buni tushunadi.

“U shundoq ham sababsiz hasad tufayli juda ko‘p tanqidga uchraydi. Yana ortiqcha bosimni istamasligi tabiiy”, — deydi u.

Ammo uningcha, Clark xohlasin-xohlamasin, bu bahs markazida turibdi. Uning ovozi millionlab qizlar uchun mezon bo‘lib qolgan.

“Caitlin Clark xohlasa ham, xohlamasa ham, u bu suhbatning bir qismi. Tribunadagi 22-raqamli libos kiygan kichkina qizlar uchun uning pozitsiyasi juda katta ma’no kasb etadi”, — deydi McNabb.

Uning fikricha, bugungi WNBAda bundan kuchliroq ta’sirga ega bo‘ladigan boshqa ovoz kam.

“U WNBAdagi eng yaxshi o‘yinchi. Uning ochiq pozitsiya bildirishga qodir bo‘lishi ulkan hodisa bo‘lardi. U bugun qaerda bo‘lsa, bu Title IX tufayli. U buni tan olib, keyingi avlod qizlari ham xuddi shunday imkoniyatga ega bo‘lishini istashi kerak”, — deydi McNabb.

Uch yil davom etgan kurash va yangi maqsad

Bu masala McNabb uchun faqat siyosiy yoki nazariy bahs emas. Bu uning tanasi, sog‘ligi, oilasi boshidan kechirgan voqea.

Uch yildan ortiq vaqt o‘tdi. Shifokorlar boshida aniq prognoz bera olmagan, hatto “hech qachon avvalgi holatingga qaytmasliging mumkin”, deb ogohlantirgan.

“Ular menga uch yil kerak bo‘lishi, shundan keyin haqiqiy o‘zgarish ko‘rishim mumkinligini aytishgandi. G‘alati tomoni shundaki, aynan uch yil o‘tib sog‘lig‘imda sezilarli o‘zgarish bo‘ldi”, — deydi u.

Bir paytlar omma oldida gapirishdan qo‘rqib, nutq fani darsida qiynalgan qiz bugun Kongressda so‘zga chiqdi, Independent Women elchisi bo‘ldi, o‘z boshidan kechirgan voqeani boshqa qizlar uchun ogohlantirishga aylantirdi.

“Siyosatga kirishni rejalashtirmagan edim, nimalar bo‘layotganini ham yaxshi bilmasdim. Menda shunchaki haqiqiy inson, haqiqiy oila va jamoaga ta’sir qilgan haqiqiy voqea bor edi”, — deydi u.

Endi esa u bu voqeani qurol emas, ogohlantirish sifatida ishlatmoqda.

“Men bu hikoyani boshqa birorta qiz men boshdan kechirgan narsani boshidan kechirmasligi uchun ogohlik tarqatish yo‘lida qo‘llashga harakat qilyapman”, — deydi Payton McNabb.

Savol esa ochiq qoladi: WNBA va uning yulduzlari bu ogohlantirishni qachon eshitadi?

Payton McNabb va WNBA markazidagi bahslar