UZB sport

MetLife’da yangi an’ana: Fifa jahon chempionlariga uzuklar taqdim etadi

Yakshanba kuni MetLife Stadium’da bo‘lib o‘tadigan Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi final nafaqat yangi jahon chempionini aniqlaydi. Bu safar Fifa futbol tarixiga Amerika sportiga xos ramzni ham olib kiradi: g‘oliblar maxsus “World Cup” uzuklari bilan taqdirlanadi.

Uzuk — NFL, Super Bowl, beysbol chempionlari uchun odatiy narsa. Futbol uchun esa bu yangilik. Fifa yakuniy g‘alabani nishonlash marosimini aynan shu uslubda boyitishga qaror qildi.

30 ta chempionlik uzugi va 1 996 ta muxlislar uchun

G‘olib jamoa uchun 30 ta uzuk tayyorlanadi. Har biri alohida dizayn, har biri futbolchining qo‘lida kichik, lekin kuchli ramz.

Uzuklarning markazida mini Jahon chempionati kubogi tasviri bo‘ladi, ichki halqasida esa maxsus o‘yma yozuv — chempionlikni abadiylashtiruvchi bitik.

Shu bilan cheklanib qolmaydi. Yana 1 996 ta uzuk sotuvga chiqariladi. Ular muxlislar uchun. Turnir yili bilan bog‘liq bu raqam tasodif emas, lekin Fifa rasmiy ravishda mazmunini izohlab o‘tirgani yo‘q. Baribir maqsad aniq: finaldan keyingi esdalikni faqat fotosuratlarda emas, barmoqda ham olib yurish imkoniyati.

Trump nihoyat stadionda: birinchi va oxirgi o‘yin

Kubokni topshirish marosimida AQSh prezidenti Donald Trump shaxsan ishtirok etadi. U turnir davomida o‘tkazilgan 102 ta uchrashuvning birortasiga bormadi. Hatto o‘z mamlakati — USA terma jamoasining birorta o‘yinini ham stadiondan tomosha qilmadi.

USA Belgiya bilan 1/8 finaldagi uchrashuvda yirik hisobda — 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi. Endi esa prezident faqat yakuniy sahnaga, kubok topshirish lahzasiga keladi.

Fifa prezidenti Gianni Infantino ancha oldin Trump finalga kelishini aytib bo‘lgandi, Oq uy matbuot kotibi Karoline Leavitt ham bu rejani tasdiqladi. Endi esa bu sahna rasman tasdiqlandi: MetLife’da kubokni Trump topshiradi.

Kanadadan kelgan tutun, ammo finalga to‘sqinlik yo‘q

Nyu-Yorkda hozir ob-havo xabarlari oddiy yomg‘ir yoki shamol bilan cheklanmayapti. Kanadadagi o‘rmon yong‘inlaridan kelayotgan tutun sabab havoning sifati bo‘yicha ogohlantirish berilgan.

Shunga qaramay, MetLife Stadium’dagi final o‘yiniga xavf yo‘q, deb turibdi mutasaddilar. Hozircha uchrashuvni boshqa joyga ko‘chirish yoki vaqtini o‘zgartirish haqida gap ketgani yo‘q. Futbol sahnasi o‘z joyida qoladi.

Infantino–Trump chizig‘i: Balogun atrofidagi eng katta bahs

Bu yozgi Jahon chempionati atrofidagi eng katta tortishuv aynan Infantino va Trump o‘rtasidagi aloqa fonida yuzaga keldi. Masalaning markazida esa bitta ism turibdi: USA hujumchisi Folarin Balogun.

Balogun olgan qizil kartochka bo‘yicha avtomatik diskvalifikatsiya kuchga kirishi kerak edi. Trump esa Fifa rahbari Gianni Infantino’ga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni qayta ko‘rib chiqishni so‘ragani haqida xabarlar tarqaldi. Natija ko‘p kuttirmadi: Balogun diskvalifikatsiyadan qutuldi, chetlatish bekor qilindi.

Shu qaror turnir halolligi haqida keskin savollar tug‘dirdi. Balogun Belgiyaga qarshi pley-off uchrashuvida maydonga tushishga ruxsat oldi, ammo bu USA uchun hech narsani o‘zgartirmadi — 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat bosim ostidagi qarorni yanada ko‘proq muhokamaga olib chiqdi.

Bir tomonda — siyosiy ta’sir haqidagi shubhalar, ikkinchi tomonda — Fifa imiji. Endi esa shu fon ostida MetLife’da yangi an’ana, yangi ramz: chempionlik uzugi. Savol esa ochiq qoladi: bu uzuklar futbol tarixiga go‘zal bezak sifatida kiradimi yoki bahsli yozgi turnirning eng yorqin, ammo ikki xil talqin qilinadigan timsoliga aylanadimi?