UZB sport

Messi jarimaga tortildi: Subaru Parkdagi asabiy tun

Messi raqibni tarsakilagani uchun jarimaga tortildi: Subaru Parkdagi asabiy tun

Lionel Messi karyerasida ko‘p narsa ko‘rgan. Ammo bu safar uning nomi yana sarlavhalarda – bu gal gol yoki sehrli pas emas, balki raqibga berilgan zarba tufayli.

Inter Miami sardori Philadelphia Union bilan MLS uchrashuvida raqib futbolchini tarsakilagani uchun liga tomonidan jarimaga tortildi. 39 yoshli yulduz yakshanba kuni Subaru Parkdagi keskin o‘yinda Quinn Sullivan bilan to‘qnash keldi va vaziyat chog‘ida raqibning bosh orqa qismiga qo‘li bilan tegib ketdi.

Asablar chiday olmadi

Episod 101-daqiqadan keyin, o‘yin allaqachon keskin pallaga kirgan paytda yuz berdi. Messi to‘pni o‘ynab bo‘lgach, Sullivan uni tirsagi bilan urib yuborgandek ko‘rindi. Shu zahoti argentinalik yulduz ortiga o‘girildi va qo‘li bilan raqibining boshiga zarba berdi.

Hakam voqeaga darhol aralashdi. Mojaro kattalashib ketishidan oldin futbolchilar ajratib qo‘yildi. Stadiondagi kayfiyat esa allaqachon tarang edi – maydondagi har bir to‘qnashuv uchqun chiqargan lahzaga aylanib ulgurgan edi.

MLS intizom qo‘mitasi rasmiy bayonotida shunday yozdi: Inter Miami CF hujumchisi Lionel Messi liga reglamentidagi “raqibning yuziga/boshiga/bo‘yniga qo‘l ishlatish” qoidalarini buzganlik uchun, 19-avgust kuni Philadelphia Unionga qarshi o‘yinning 101-daqiqasidan keyingi vaziyat sabab noma’lum miqdorda jarimaga tortildi.

Jarima miqdori oshkor qilinmadi, lekin signal aniq: liga hatto eng yirik yulduzlar uchun ham istisno qilmaydi.

Qizil kartochkalar, tortishuvlar va keskin yakun

Subaru Parkdagi kecha faqat shu epizod bilan esda qolmadi. O‘yin 2:2 hisobida yakunlandi, ammo hisobdan ko‘ra hissiyotlar balandroq bo‘ldi.

Uzatma daqiqalarda hakam qo‘lini cho‘ntagiga ikki marta olib bordi. Inter Miami futbolchisi Yannick Bright va Philadelphia Union vakili Cavan Sullivan maydondan haydaldi. O‘yinning ohirgi lahzalari to‘liq asablar sinoviga aylandi.

Ian Fray ham tinch qolmadi. U ham Quinn Sullivan bilan to‘qnashuvdan so‘ng MLS tomonidan jarimaga tortildi. Shunday qilib, birgina uchrashuv ichida Inter Miami nafaqat ochko, balki obro‘ va intizomiy “balans” bo‘yicha ham yo‘qotishlarga uchradi.

Turnir jadvali va bosim

Barcha shov-shuvlar fonida asosiy fon yo‘qolib ketmasligi kerak: Inter Miami Sharqiy konferensiyada ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam Nashville’dan yetti ochkoga ortda qolmoqda.

Demak, har bir uchrashuv, har bir nuqta, har bir asabiy lahza endi ikki barobar qimmat. Jamoa kuchli raqobat, bosim va kutilmalar ostida o‘ynayapti. Bunday fon Messi kabi futbolchini ham ba’zan o‘zini bosolmaydigan darajaga olib kelishi mumkin.

Savol ochiq qoladi: bu hodisa faqat bir kechalik asabiy portlash bo‘lib qoladimi yoki Inter Miami uchun mavsum oxiriga yaqinlashar ekan, intizomiy muammolar yangi mavzuga aylanadimi?

Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling