UZB sport

Dakota Ditcheva: ikki qo‘li singan holda g‘alaba

PFL Nyu-York kechasi uning uchun tantana bo‘lishi kerak edi. Bir yildan ortiq tanaffus, uzoq reabilitatsiya, qaytish bosimidagi savollar. Dakota Ditcheva bularning barchasini yon tomonga surib, Denise Kielholtz ustidan ishonchli, bir ovozdan g‘alaba qozondi va rekordi 16-0 gacha cho‘zildi.

Ammo bu jang ortida yashirin bir fojia yotgan edi.

G‘alaba ortidagi og‘riq

Ditcheva jangdan keyin YouTube’da tan oldi: u deyarli butun bahsni ikki singan qo‘l bilan o‘tkazgan.

“Qo‘llarimni jangda sindirdim. Buni ikkinchi raund boshidan his qila boshladim”, – deydi u. U buni na burchagiga, na hakamga, na boshqa birovga aytgan. Kletkadan chiqqunga qadar sir bo‘lib qoldi.

Tashqaridan qaraganda hammasi juda sodda ko‘rindi: Britaniyalik jangchi ritmni o‘z qo‘liga oldi, raqibini masofada ushlab turdi, zarbalarini aniq yetkazdi va hakamlar qarorini shubhasiz qildi. Lekin har bir zarba ortida o‘tkir og‘riq, har bir kombinatsiya ortida xavf bor edi.

Eski jarohat qaytdi, yangisi “usholmadi”

Dakota 28 yoshda, lekin qo‘llari allaqachon bir necha bor sinovdan o‘tgan. U 2025-yil iyulidan beri oktagonga qaytmagan edi: avval chap qo‘lini sindirdi, oradan besh oy o‘tib esa boshqa qo‘lida ham sinish qayd etildi.

Bu safar shifokorlar uni yana shinalarga qaytardi. Hozircha u jarroh qarorini kutmoqda – yaqin kunlarda keyingi qadamlar belgilanadi. Operatsiya stoli yoki navbatdagi ehtiyotkor reabilitatsiya – yo‘l aniq emas, lekin tanaffus muqarrar.

Ditcheva jarohat tafsilotlarini ham yashirmadi. Uning aytishicha, jarohatlardan biri o‘tgan yili operatsiya qilinmagan qo‘lida yuzaga kelgan. O‘shanda u pichoq ostiga yotishni xohlamagan, jarohat o‘zi bitishiga umid qilgan edi. Ikkinchi shikast esa “boshqa barmoqdagi kichik sinish, u shunchaki bosimga chiday olmadi”.

“Yaxshi tomoni shuki, yangi sinish yo‘q. Bu o‘tgan yil oxirida sindirib, operatsiya qildirmagan qo‘lim”, – deydi u. Shifokorlar o‘shanda ogohlantirgan: jarrohliksiz qayta sinish ehtimoli bor edi. Dakota xavfga bordi. Endi esa bu qarorning narxini to‘lamoqda.

Yengilmas rekord, ammo majburiy to‘xtash

16 jang, 16 g‘alaba. Statistikaga qarasangiz, hammasi ideal. Lekin bu raqamlar ortida hozir ikki shina va ko‘ngli chil-chil bo‘lgan sportchi turibdi. U o‘zi aytganidek, jangdan keyin “to‘xtamasdan yig‘ladi”.

Bu ko‘z yoshlar qo‘rquvdan emas. Bu – yig‘ilib qolgan charchoq, og‘riq va yana bir marta “nol nuqta”dan boshlash zarurati. U karyerasining eng yaxshi sur’atida edi, PFL sahnasida ishonch bilan oldinga yurayotgan edi. Endi esa vaqt yana to‘xtadi.

“Xavfga bordim, operatsiya qildirmadim, ushlab turadi deb o‘yladim. Ushtamadi. Endi esa narxini to‘layapman va biroz muddatga chetga chiqaman”, – deydi Dakota.

U qaytish yo‘lini allaqachon bir marta bosib o‘tgan. Savol endi boshqacha: bu safar qaytishi qanday bo‘ladi – va qo‘llari yana uning eng katta quroliga aylanishiga kuchi yetadimi?

Pinco Avto Omad — 12 ta avto uchun sovrinli o‘yinga qo‘shil