UZB sport

adidas yangi Chaos vs Control to‘plami: F50 va Predator

2026-yilgi FIFA World Cup yakuniga yaqinlashar ekan, yirik sahnada bir savol yana jonlandi: maydonda bo‘ron bo‘lib esishni tanlaysizmi yoki o‘yinni ipday boshqarishni? adidas aynan shu dramatik lahzalar uchun “Chaos vs Control” nomli yangi butsa to‘plamini taqdim etdi va eski raqobat – F50 va Predator o‘rtasidagi to‘qnashuvni qayta yoqdi.

Predator Elite FT: nazoratni sevuvchilar uchun qurol

Predator Elite FT maydonga oppoq rangda chiqadi. Ustida “solar turbo” chiziqlar yonib turadi, qora detal­lar esa butsaning agressiv xarakterini chizib beradi. Ko‘rinishi ham, vazifasi ham aniq: zarbada xatoga joy qoldirmaslik.

NANOSTRIKE+ ustki qismi qayta o‘ylab chiqilgan mesh tuzilmasiga tayangan. Yumshoqlik, yengillik va to‘pga zarba berishda kerak bo‘ladigan grip elementlari bitta qatlamda jamlangan. Natijada, to‘pga tegish har safar boshqaruv ostida bo‘ladi — ayniqsa katta o‘yinlarda, bitta noto‘g‘ri teginish ham narxini talab qiladigan paytda.

Afsonaviy FOLD-OVER TONGUE yana qaytdi. Bu detal ko‘p yillik Predator merosini eslatadi va zarba uchun silliq, optimal yuzani taqdim etadi. Pastki qismda STRIKEFRAME tagligi ishga tushadi: tirnoqlar joylashuvi va shakli o‘yinchiga keskin burilishlar, tez to‘xtash va qayta tezlanishda qo‘shimcha ustunlik beradi.

O‘rtadagi POWERSPINE esa butsaning yuragi. U o‘rta qismni barqaror ushlab, zarbada energiya yo‘qotilishini kamaytiradi, natijada to‘pga beriladigan kuch to‘liqroq uzatiladi. Kuchli, aniq zarbalar – Predator’ning asosiy va’dasi shundan boshlanadi.

Bu butsa o‘yinni boshqarishni yaxshi ko‘radigan futbolchilar uchun. Tempni belgilaydigan, pressingni buzib o‘tadigan, pas ritmini o‘zgartirib, raqibni charchatadiganlar uchun.

F50: tezlik va xaosni quchoqlaganlar uchun

F50 esa butunlay boshqa kayfiyatda. Bu — tartibni buzadiganlar, chiziq ortida yashirinib, bir lahzada orqaga qochib ketadiganlar, himoyachilarni chalkashtirib yuboradiganlar uchun.

Yangi F50 oppoq baza ustiga “solar purple” chiziqlar va “solar turbo” aksentlar bilan bezatilgan. Ko‘rinishi ham tezlikni baqiradi. Dizayn falsafasi bitta g‘oyaga qurilgan: raqib uchun nazorat qilib bo‘lmaydigan tezlik yaratish.

F50 Elite talqinida FIBERTOUCH UPPER ishlatilgan. U engil, lekin ortiqcha joyi yo‘q: qo‘llab-quvvatlash va amortizatsiya faqat kerak bo‘lgan zonalarda. To‘p oyoqqa yopishib olmasin, lekin oyoq ham “yalang’och” qolmasin – balans shunday topilgan.

SPRINTWEB esa yuqori tezlikda to‘pni nazorat qilish uchun uch o‘lchamli, yuqori aniqlikdagi tekstura beradi. Tez yugurayotib bir teginishda qabul qilish, yo‘nalishni o‘zgartirish, keskin pas uzatish – bularning bari uchun ustki qism maxsus ishlangan.

COMPRESSIONFIT TUNNEL TONGUE butsaning ichida oyoqni “qulf”lab qo‘yadi. Tez burilishlarda, to‘satdan to‘xtash va yana portlashda oyoq sirg‘anib ketmasligi uchun. Pastda esa SPRINTFAME 360 tagligi ishni yakunlaydi: har yo‘nalishda maksimal tezlanish, tez reaktsiya va o‘yinning eng keskin daqiqalarida ham barqarorlik.

F50 – xaosni yaratadiganlar butsasi. Himoya chizig‘ini bir lahzada yirtib o‘tadigan, raqibning o‘yin rejasini bitta yugurish bilan yo‘qqa chiqaradigan futbolchilar uchun.

“Choose one”: maydonda xarakter tanlovi

adidas bu to‘plam bilan butun dunyo bo‘ylab futbolchilarga bitta savolni ochiq tashlayapti: “choose one” – Xaosmi yoki Nazoratmi?

Predator – o‘yinni dikta qiladiganlar uchun. To‘pni oyoq ostida tinchlantiradigan, pressing ostida ham hushyor qoladigan, pas va zarbada aniqlikni birinchi o‘ringa qo‘yadiganlar uchun.

F50 esa chiziqlarni yorib o‘tadiganlar, bo‘shliq topib, u yerdan raqibni jazolaydiganlar, har bir yugurishi bilan stadionni o‘rnidan turg‘azadiganlar uchun.

Arsenal yulduzlari: yangi to‘plamni sinovdan o‘tkazadiganlar

London tomonda bu to‘plam allaqachon e’tibor markazida. Arsenal muxlislari endi yangi adidas butsalari bilan maydonga tushadigan yulduzlarni diqqat bilan kuzatishi mumkin.

Gabriel Martinelli, Gabriel Jesus va Gabriel Magalhães tezlik tarafida – ular F50 bilan o‘zining portlovchi yugurishlarini davom ettiradi. Qanotdagi keskin reydlar, orqadan chiqib keladigan himoyachi, jarima maydoniga o‘tkir kirishlar – bularning bari F50 falsafasiga mos.

Markazda esa boshqa tipdagi boshqaruv. Declan Rice va Martín Zubimendi Copa Pure III bilan o‘yin ritmini ushlab turadi. Ularning vazifasi – pressingni sindirish, to‘pni tez aylantirish, orqa chiziqni himoyalash. Nazorat – bu yerda.

Yana bir qatorda Predator Elite bor. Mikel Merino, Myles Lewis-Skelly va Jurriën Timber aynan shu modelda maydonga tushishi kutiladi. Ular uchun to‘pga birinchi teginish, o‘tkir uzatmalar, chiziqlar orasiga aniq paslar – o‘yinning asosiy quroli.

Ranglar kengayishi: Sparkfusion va Copa ham yangilandi

To‘plam faqat ikkita flagman bilan cheklanib qolmaydi. adidas F50 Sparkfusion va Copa oilalari uchun ham yangilangan rang talqinlarini taqdim etdi. Shunday qilib, yangi dizayn tilining ifodasi klub va pozitsiyadan qat’i nazar, turli tipdagi futbolchilarga yoyildi.

Bir so‘z bilan aytganda, adidas maydonga bitta savol tashladi, javob esa har bir futbolchining oyog‘ida ko‘rinadi: siz kim bo‘lasiz — o‘yinni boshqaradigan sovuqqon reja muallifimi yoki xaosdan o‘yin yaratadigan tezlik ustasimi?

Pinco Avto Omad — 12 ta avto uchun sovrinli o‘yinga qo‘shil