UZB sport

Las Vegas Grand Prix: yomg‘ir shov-shuvni muzlatdi

Las Vegas tuni shov-shuvli bo‘lishi kerak edi. Ammo trek ustiga qulagan yomg‘ir hammasini bir zumda o‘zgartirdi. Formula 1’ning Las Vegas Grand Prix dastlabki mashg‘ulotlari g‘alati tarzda o‘tdi: birorta ham haqiqiy tezkor aylana qayd etilmadi.

17 nafar haydovchi to‘liq yomg‘ir shinalarida trekka chiqdi. Lekin shunchaki sharoitni “his qilib ko‘rish” uchun xolos. Ko‘tarilib qolgan suv, tez-tez yuzaga kelgan akvaplanning va past haroratlar fonida hech kim xavfga qo‘l urib, to‘liq hujumkor aylana bajarishni istamadi. Mashinalar ko‘proq sirpanayotgan muz ustidagi siluetlarga o‘xshardi, poyga mashinasiga emas.

Shunday paytda faqat bitta ism ajralib turdi – Haas tarkibidagi yangi haydovchi Rafael Camara. U yagona bo‘lib trekka ikki marta chiqdi. Yakunda u va ikki Alpine haydovchisi mashg‘ulotda eng ko‘p masofa bosib o‘tganlar bo‘ldi – atigi ikkita aylana. Sessiya oxirida aynan Alpine mashinalari yakka holda start mashqlarini bajarib, yomg‘ir ostida bo‘lsa ham hech bo‘lmasa nimanidir sinab ko‘rishga urindi.

Bu yomg‘irli bekorchi kecha ayniqsa Haas uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Jamoa bu haftaga katta umid bilan kelgandi: top jamoalar sinab ko‘rgan “flipping” turdagi yangi orqa antikrilosini o‘z versiyasida olib keldi. Lekin sharoit sabab uni maydonda sinab ko‘rishning imkoni bo‘lmadi. Yangilik garaj shiftiga osilib qoldi, xolos.

Baribir paddokda kayfiyat butunlay tushkun emas. Jamoalar ikkinchi mashg‘ulotga kelib ob-havo ochilishi, trek qurishi va nihoyat haqiqiy tezlik namoyishi boshlanishini kutyapti. Las Vegas hali o‘z shousini ko‘rsatgani yo‘q. Savol bitta: yomg‘ir sahnani qancha vaqt ushlab turadi?

Pinco Avto Omad — 12 ta avto uchun sovrinli o‘yinga qo‘shil